Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Prezident Farmonining ijrosi amalda

18-06-2022 | 17:46

766

Kun tartibidagi masala yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi  PF-6247-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash to’g’risida Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining “Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari bo'yicha”  doimiy komissiyasi raisi L.Xo'janiyazovaning axboroti tinglandi.

 

 

Kun tartibidagi masalalarda tumandagi barcha korxona va tashkilotlarda ma'lumotlarni tuman hokimligining rasmiy veb saytida ochiq ma'lumotlar bazasiga joylashtirish va ularning har chorakda yangilanishini ta'minlanganligi bo'yicha doimiy komissiyada ko'rib chiqish vazifasi yuklatildi hamda doimiy komissiya a’zolari tumandagi korxona va tashkilotlarni o‘rganib, Xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot taqdim etib borishi belgilandi.