Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

#Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlantirishning muhim jihatlari

24-04-2022 | 21:19

715

#Bolaning o'z vaqtida va sog'lom ovqatlanishi uning rivojlanishiga hamda kuchli bo'lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Endi o'sib kelayotgan bolajon organizmi uchun kerakli moddalarga ega oziq-ovqat mahsulotlarini tanlab bilish zarurdir. 

#Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bu borada malaka oshirish, bolalarni sog'lom ovqatlantirishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Beruniy tumanidagi 41-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida sog'lom ovqatlantirish bo'yicha o'tkazilgan o'quv amaliy seminarda 53 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bosh oshpazlari, xamshiralari ishtirok etdi. 

#Seminar ishtirokchilariga maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlari hamda tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sog'lom ovqatlanishini tashkil etish,   ovqatdan zaxarlanishning oldini olish choralari bo'yicha keng turda tushuntirishlar berildi. Oshxonada malakali oshpazlar tomonidan, sog'lom ovqatlantirish bo'yicha amaliy tajriba o'tkazildi.                                                                   🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati