Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

#Kengaytirilgan yig'ilish davomida vazifalar topshirildi

17-06-2022 | 16:35

752

#Beruniy tumani hokimligining katta majlislar zalida tuman hokimi A.Saparbayev, hokim o'rinbosarlari, 40 ta mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, mahalla xotin-qizlar faollari bilan birgalikda yakunlanayotgan xafta bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

 

#Asosan tanqidiy ruxda o'tkazilgan yig'ilish davomida mahalla kesimida aholining murojaatlarini o'rganish, hal qilinishi bo'yicha tegishli davlat tashkilotlariga yo'naltirish, mazkur masalalarda nazoratni kuchaytirish zarurligi ta'kidlab o'tildi.

 

#Bundan tashqari yig'ilish davomida ish sur'ati past bo'lgan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va mahalla xotin-qizlar faolining ish jarayonini o'rganish ishlarini olib borish, tuman hokimining birinchi o'rinbosari U.Matirzaev zimmasiga yuklatildi.

 

#Qishloq ho'jaligida g'alladan bo'shagan maydonlarni takroriy ekin ekish uchun berishda ijtimoiy daftarda turgan fuqarolarni keng jalb etish bo'yicha mahalla bo'limiga vazifalar topshirildi.