Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

#JARAYON #Beruniy tumani 2-sektor faoliyati

30-05-2022 | 15:11

835

#Sektorlar kesimida ish faoliyatini olib borish aholi murojaatlarining o'z vaqtida hal bo'linishiga sabab bo'ladi. Beruniy tumani 2-sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekanmiz so'zimiz o'z isbotini topdi.
 
#Beruniy tumani 2-sektor hududida 3 ta OFY va 7 ta MFY (Navoiy, Tinchlik, Sarkop OFYlar va Lolazor, Bo'ston, Birlik, Paxtakor va Navro'z MFYlar) jami 10.269 ta xonadonlarda 52. 990 nafar aholi istiqomat qilib, shundan 23.881 nafarini hotin-qizlar va 10.872 nafarini yoshlar (18-30 yoshgacha) tashkil qiladi.


#Hozirgi kunga kelib “Temir daftar”da 480 ta oilalarning 2196 nafar a'zolarining 645 nafarining bandligi ta'minlangan hamda 602.8 mln so'mlik har xil turdagi yordamlar ko'rsatilib daftardan chiqarilgan. Hozirda mavjud 26 ta oila moddiy qo'llab-quvvatlanib kelinmoqda  

#Sektor hududida vaqtincha ishsiz bo'lgan fuqarolarning ayniqsa, ayollar va yoshlarning bandligini ta'minlashga ko'maklashish, haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali 19 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlangan bo'lsa, tumandagi xususiy sektor va davlat tashkilotlariga 232 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilgan. Sektor hududida ishsiz fuqarolarning 159 nafariga 5. 072 mlrd so'mlik  imtiyozli kreditlar ajratilib, o'z tadbirkorligini boshlash uchun sharoitlar yaratilgan.


#Agrar soha rivoji Beruniy tumanida namunali yo'lga qo'yilgan. Ayniqsa, bog'dorchilik va bog' qator orasiga poliz mahsulotlarini ekishda beruniyliklarga yetadigani yo'q. 

“Jumaniyazov 67”bog'dorchilik fermer ho'jaligi hisobidagi jami 10 gektar maydonda sarhil mevalarning turi bisyor. Hozirda 10 tonnadan ortiq erta pishar o'rik Samarqand viloyati orqali Qozog'iston respublikasiga eksport qilinmoqda. 

#Meva pishiqchiligi hali oldinda, bu yilgi hosil barakali keldi deya suhbatda aytib o'tdi fermer ho'jaligi rahbari. Tinchlik OFY da ham yoshlarga ijara asosida berilgan yerlarda ish qizg'in, yaqin kunlarda poliz mahsulotlari nafaqat ichki bozorni qo'shni davlatlarni ham ta'minlashga yetadi. 

#Oddiy qamishni to'qib, qayta ishlab daromad olayotgan Tinchlik OFY aholisining bugunidan roziligini so'zlaridan anglash qiyin emas. Deyarli 60% xonadon bu ish bilan band. Qamish asosan uy-joy qurilganda va yozgi ovqatlanish joylarida soya-salqin bo'lish uchun ishlatiladi. 20 yil davomida shu ish bilan shug'ullanishini aytib o'tdi suhbatdoshimiz. 

#Asosan qo'l mexnatini talab qiladi. Tabiiy qamishdan uy tomiga loy suvoq qilinsa, yozda salqinlikni ta'minlasa qishda issiqlikni ushlab turar ekan. Juda oddiy ammo qiziqarli jarayonning guvohi bo'ldik.


#O'z sevgan kasbi bilan bandligi ta'minlangan yosh sartaroshning murojaati, sektor rahbarining tashabbusi bilan ijobiy hal qilindi. Endilikda ish xonasiga ham ega bo'ldi. Albatta, bu jarayonlarda sektor rahbariga qo'l qanot bo'layotgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va nuroniylarning mexnatini alohida ta'kidlab o'tish zarur. 

#YOSHLAR SIYOSATI AMALDA 

#Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularning bandligini ta'minlash sohasida. Oliy o'quv yurtiga kirib, talabalik baxtiga erishgan yoshlarning “Yoshlar jamg'armasi” hisobidan 18 nafariga  jami 76 mln 927 668 so'm kontrakt pullari to'lab berildi. 

#Hozirgi kunda 2022 yil “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar 274 nafar bo'lib, shundan 41 nafariga turli yordamlar ko'rsatilgan va natijada ijtimoiy daftardan chiqarildi. 

 “Yoshlar daftari” platformasida onlayn murojaatlar qabul qilinib, o'rganib hal qilish choralari ko'rilmoqda. Beruniy tumanida 2022 yilning yanvar  oyida “Ayollar daftari”ni shakllantirish maqsadida 33.051 nafar xotin-qizlar bilan suhbatlar o'tkazildi va uning yakunlari bo'yicha 2.002 nafar, shundan 2-sektor hududida 842 nafar xotin-qizlar 6 ta muhim toifalar bo'yicha ayollar daftariga kiritildi.


#Bundan tashqari, joriy yil 2-sektor hududida yettita loyiha, qiymati 31.0 mlrd so'mlik hisoblangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida, 199 ta yangi ish o'rinlarini yaratish ko'zda tutilgan. 

#RAQAMLARGA E'TIBOR QARATSAK

#Ishsiz fuqarolarning 220 nafarini haq to'lanadigan jamoat ishlariga, 186 nafarini kasb-hunarga o'qitish, 619 nafariga o'rtacha 27 sotixdan jami 168.9 gektar yer maydoni ajratish,  408 nafarini subsidiya va boshqada jamg'armalar orqali mehnat qurollari olib berish orqali o'zini-o'zi band qilishga, 599 nafarini qishloq xo'jaligi korxonalariga joylashtirish, tomorqani rivojlantirish hisobiga 50 nafar fuqaroga subsidiya ajratish, 146 nafarini ishlab chiqarish kooperativlarini tashkil etish hisobiga bandligini ta'minlash rejalashtirilgan.


#2022-2023 yillarda sanoat, xizmatlar ko'rsatish va qishloq xo'jaligi sohasida ko'plab loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida, joriy yil yakuni bilan sektor hududidagi barcha ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va ishsizlikga barxam berish zamini yaratiladi.                                                       🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati