Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Hudud yangiliklari

18-02-2022 | 09:07

725

Yillik quvvati 50 ming tonna donni qayta ishlashga mo'ljallangan Beruniy un zavodida so'ngi pardozlash ishlari olib borilmoqda. Zavod investitsiya dasturi asosida Germaniya va Turkiya texnologiyasi asosida qurilgan va 200 dan ortiq ish o'rni yaratilgan. Tumanning strategik nuqtasida joylashgan bo'lib, temir yo'lga yaqin hudud. Tuman hokimi A.Saparbayev un zavodida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, zavod ish boshqaruvchisi tez orada qurilmalar to'la quvvat bilan faoliyatni boshlashga tayyorligini bildirdi.                                                                          

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati