Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

#Hokim yordamchisining tashabbusi. Hududda tadbirkorlikning rivoji

18-04-2022 | 22:37

695

Beruniy tumanida hokim yordamchilarining ish faoliyatini yoritishni davom ettiramiz. 4-sektor hududidagi Turon MFY da 1062 ta xonadon mavjud bo'lib, ularda 1362 oilada 5340 nafar fuqarolar istiqomat qiladi. 

#Mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida hokim yordamchisi tomonidan kredit olish istagini bildirgan fuqarolarga chorvachilik, parrandachilik, issiqxona, non va milliy shirinliklar tayyorlash hamda tikuvchilik yo'nalishlarida imtiyozli davr bilan kredit olishda ko'maklashildi. 

#Natijada 20 nafar fuqarolarning ish bilan bandligi ta'minlandi. Asalari boqish, undan daromad olish istagini bildirgan fuqaro Dilshod Qurbanbaev hozirda o'z ishini boshlagan. Issiqxonaning daromadi ayniqsa janubiy tumanlar uchun foydali hisoblanadi. Tomorqadan yiliga 3 marotaba hosil olinadi. 

#Hozirda 1 sotix maydonda tashkil etilgan issiqxonada bodiring yetishtirilmoqda. Naslli qoramol boqish, sut va sut mahsulotlarining mahalliy bozorda arzonlashuvini ta'minlaydi. Turon mahallasida chorvachilik yo'nalishida boshlangan ishlar yana davom etishi rejalashtirilgan. 

#Qo'l hunariga asoslangan turli bezaklar bilan ishlash, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga daromadli hamdir. Shunday yoshlardan biri Pokiza Kushimova hunarmandchilikning bir turi ya'ni, turli bezaklar bilan shug'ullanadi. 

#Yulduz Usenovaga esa tikuvchilik yo'nalishida kredit ajratilgan. Yangi zamonaviy tikuv mashinalari orqali buyurtmalar qabul qilib, ish jarayonini kengaytirishni maqsad qilgan. Endilikda shogirdlari bilan birga tikuv sexi ochishni rejalashtirgan.     

#Mahallada ishsizlikka barham berish maqsadida tumandagi “KKR Ipak klaster”korxonasiga ayol-qizlar kasanachi sifatida ishga joylashtirilgan. Umuman hududning turli sohalar rivojlanishida potensiali yuqori hisoblanib, buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

#Hokim yordamchisi Rasul Urinboev bu borada mahallada tizimli ravishda ishlarni tashkil etganligini alohida ta'kidlab o'tishni lozim topdik.                                                                                                                                 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati