Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

#Hokim yordamchisining o'rganishlari davomida...

17-04-2022 | 22:06

722

#Hokim yordamchilarining o'z hududlari bo'ylab, tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan va daromad olayotgan fuqarolarning ishlarini borib o'rganish hamda ish bilan band bo'lmagan aholiga uy sharoitida tadbirkorlikni o'rgatish maqsadida Beruniy tumani Yangiobod mahallasi hokim yordamchisi Jonibek Rozimov sohalar bo'yicha o'rganishlar olib bordi. 

#Yangiobod mahallasida 4117 nafar aholi istiqomat qiladi. Uy sharoitida issiqxona tashkil qilib, bu yil birinchi hosil ya'ni koreys karamini yetishtirib, 500 kg hosil olgan Doston Qurbanbaev hozirda ikkinchi hosil yetishtirib, 4 sotix yerda 1400 tub pavloniya ko'chatlarini ham parvarishlamoqda. Kelajakda ko'chat plantatsiyasini tashkil qilishni rejalashtirgan. 

#Xiva ko'chasida yashovchi fuqaro Ergash Xudaybergenov xonadonidagi issiqxonada pamidor, bodiring va qulupnay yetishtirishni yo'lga qo'ygan. Mahalladagi yana bir yurtdoshimiz qo'shimcha ravishda biogomus tayyorlayotgan Marat Qurbanbayev, bu ishda ham daromad topishning yo'liga o'tgan. Mexnatdan kelgan daromad, oila farovonligiga hizmat qiladi.