Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

📌Hayit namozlari ado etildi

02-05-2022 | 07:51

756

#Islom olamidagi muborak va aziz bayram Ramazon Hayit ayyomi butun musulmon olamida keng nishonlanmoqda. Bugun 2022 yilning 2-may sanasi yurtimizning barcha hududlarida erta tongdan Hayit namozlari o'qildi. 

#Hayit namozini ado etish maqsadida, Beruniy tumanidagi 6 ta masjidlar tayyorlandi. Namozxonlar uchun barcha sharoitlar yaratildi. Tuman markazidagi Shayx Abbos Valiy jome' masjidida tuman hokimi A.Saparbayev xalqimizni bugungi muborak bayram bilan samimiy tabrikladi.               

#Bu yil tom ma'noda Ramazon hayit ayyomi o'zgacha kayfiyatda, o'zgacha ruxda nishonlanmoqda. Inson qadri ulug'langan yurtda nuroniylarning holidan xabar olish, imkoniyati cheklangan fuqarolar, yolg'iz qariyalar, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan farzandlar, ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma'naviy yordamlar ko'rsatildi. 

Bu yilgi ramazon xayit bayrami “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan olijanob g'oyani o'zida mujassam etgan holda o'tkazilishi bu bayramning qadr-qimmatini, ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Ramazon xayit ayyomi munosabati bilan qo'shimcha dam olish kunlari Prezident farmoni bilan e'lon qilindi.                                                       

#Qalblarimizni nurga to'ldirgan muborak Ramazon hayit ayyomi yana bir bor musulmon ahliga qutlug' bo'lsin. Ibotadlarimiz Alloh dargohida qabul bo'lsin.

#El-yurtimiz tinch xotirjam, iymon e'tiqodimiz mustahkam, hayotimiz barakotli, dasturxonimiz to'kin-sochin, buyuk allomalar yurti bo'lmish jannatmakon Vatanimizning kelajagi iymon nuri bilan munavvar bo'lsin!                                                              

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati