Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

G'alladan bo'shagan maydonlarda takroriy ekin ekish boshlandi

20-06-2022 | 11:48

814

Beruniy tumani 2-sektor hududi, Navoiy OFY da joylashgan “Izzat Jumaniyazov” fermer ho'jaligida g'alladan bo'shagan 6.9 gektar maydon 21 nafar ijtimoiy daftarda turgan fuqarolarga takroriy ekin ekish uchun ajratib berildi.

 

Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qishloq ho'jaligi yerlaridan ikkinchi bora samarali foydalanish, shu orqali aholi bandligini ta'minlash va qo'shimcha daromad olish borasida kerakli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil Beruniy tumanida 5000 gektar yerga g'alla ekilgan bo'lib, bugungi kunga qadar o'rim-yig'im mavsumi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Beruniy tumani hokimining birinchi o'rinbosari U.Matirzaev, tuman prokuraturasi mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda yerdan unumli foydalanish bo'yicha tushunchalar berdi.