Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

#FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN IJOBIY HAL ETILDI

22-04-2022 | 21:15

740


#Beruniy tumani "Bunyodkor " MFYda yashovchi 2-guruh nogironligi bor, 1979-yilda tug'ilgan Muzaffar Bekniyazov suyak yemrilishi kasalligidan qiynalib kelgan. Oilali, 3 nafar farzandning otasi. M.Bekniyazov chap oyog'iga endoprotez quyishda amaliy yordam so'rab, QR Jo'qori Kenges deputati S.Imamovaga murojaat qilgan. 

#Fuqaro M.Bekniyazovning murojaat yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga deputat so'rovi jo'natilib, belgilangan muddat ichida javob xati olindi. 

#Hozirgi kunda 60ga yaqin insonlarga  ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib, bepul  jarroxlik amaliyotlari o'talgan. M.Bekniyazovga ham joriy yilning 18 aprel kuni Nukus shaxridagi Respublika shifoxonasining travmotologiya bo'limida jarroxlik amaliyoti o'tkazildi. Jarrohlikdan so'ng bemorning sog'ayishi shifokorlar nazoratida.    
                                                                                        🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati