Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

#Diqqat, diqqat!!! #Tadbir-tanlov...

17-04-2022 | 22:07

695

#Tumanimizdagi umumta'lim maktablarida “Kitob markazi-kitob dunyosi” TSM xamda tuman Xalq ta'limi bo'limi tomonidan “Eng kitobxon maktab” tanlovi e'lon qilindi. Tanlov 23 aprelgacha davom qiladi. 
Tanlov 2 ta nominatsiya bo'yicha tashkil qilinadi:
1. Eng ko'p kitob xarid qilgan maktab...
2. O'quvchi va o'qituvchilari jon boshiga hisoblaganda eng ko'p kitob xarid qilgan maktab. 

(Bunda har bir o'quvchiga o'rtacha hisobda kamida 3 tadan to'g'ri kelishi kerak. Bu holatda o'quvchilari kam bo'lgan maktablar xam tanlov g'olibi bo'lish imkoniyati mavjud).

Tanlov g'oliblari “Kitob markazi-kitob dunyosi” TSM va tuman Xalq ta'limi bo'limi tomonidan 27 aprel kuni qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirlanadi. 
Tanlovni yaxshi, uyushqoqlik bilan tashkil qilib 1, 2, 3, 4, 5-o'rinni egallagan maktab raxbarning shaxsan o'ziga TELEVIZOR (har biriga bittadan) va keyingi o'rin (6, 7, 8, 9, 10-o'rin) soxiblariga  xam qimmatbaxo sovg'alar beriladi. 

#Shoshiling! Harakat qiling va tanlovda g'olib bo'ling!