Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Beruniy tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

20-11-2023 | 10:58

104

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati X.Yeshimbetov Beruniy tumanida bo'lib, bugungi kungacha “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ekilgan ko'chatlar mevali, manzarali va boshqa turdagi daraxt ko'chatlari ekilganligi, ularning parvarishlash jarayoni bilan tanishdi.

 

Beruniy tumani Obodonlashtirish korxonasi ishchilari bilan uchrashib, “Yashil makon” umummilliy loyihasidan ko'zlangan maqsad, uning kelajak uchun qanchalar muhimligi tushuntirildi. Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi rahbariyati tomonidan Respublikani yanada rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.  

 

Shundan so'ng tuman Obodonlashtirish korxonasiga ajratilgan 5 gektarlik maydonga ko'chat ekish tadbirlarida qatnashdi. Mamlakatimizda  “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo'yicha har yili 200 million tup daraxt ko'chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Beruniy tumani bo'yicha jami 435 min 500 tup ko'chat ekish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 295 ming 592 tup ko'chat ekilgan.