Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Beruniy tumani ahliga Ramazon Hayit bayrami tabrigi

02-05-2022 | 00:34

785

Barchangizni, butun Islom olamining muborak ayyomi Ramazon xayit bayrami munosabati bilan samimiy qutlab, chin qalbdan tabriklashga ijozat bergaysiz!

Ramazon oyining 30 kun davomida farz bo‘lgan ro‘zasini sabr-bardosh bilan tutib, nafsiga qarshi bo‘lgan hamda bu oyning savobli amallaridan zakot, fitr, fidiya kabi moliyaviy ibodatlarini to‘la-to‘kis bajargan, xayru-ehsonlar berishni shu oyda ado etgan barcha mo‘minu-musulmonlarning toat ibodat va duolarini Alloh taolo dargohida qabul aylasin.

Jonajon vatanimizda bu yil tom maʼnoda Ramazon hayit ayyomi o‘zgacha kayfiyatda, o‘zgacha ruxda nishonlanmoqda. Inson qadri ulug‘langan yurtda nuroniylarning holidan xabar olish, imkoniyati cheklangan fuqarolar, yolg‘iz qariyalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan farzandlar, ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy va maʼnaviy yordamlar ko‘rsatildi.

Bayram oldi boshlangan xayriya hashari obodlikni, ozodalikni ko‘ngildan boshlashning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. Ushbu kunda Beruniy tumanidagi 40 ta mahallada tozalik va obodonlashtirish, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, ayniqsa yoshlar tomonidan ziyoratgohlarning atrofini obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Bu yilgi ramazon xayit bayrami “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan olijanob g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkazilishi bu bayramning qadr-qimmatini, ahamiyatini yana-da oshirishga xizmat qiladi. Bugungi avlod insoniylik, mexr-saxovat va olijanoblikni yoshi ulug‘ insonlardan, nuroniylardan o‘rganadi. Yosh avlod ongi va shuuriga maʼnaviyatiga yaxshi tarbiya va insoniylikni singdira olsak, bu bizning eng katta yutug‘imiz bo‘lish bilan birga ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalagan bo‘lamiz.

Aziz hamyurtlar!

Ramazon xayit ayyomi munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari Prezident farmoni bilan eʼlon qilindi. Dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish nasib qilsin. Bu kunlarda ota-onalarimizning duosini olib, qarindoshlarmiz bilan to‘kin dasturxon atrofida, tinch zamonlarga shukronalik aytib o‘tirish eng katta baxt. Bu kunlarga yetkazgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin.

Qalblarimizni nurga to‘ldirgan muborak Ramazon hayit ayyomi yana bir bor musulmon ahliga qutlug‘ bo‘lsin. Ibotadlarimiz Alloh dargohida qabul bo‘lsin.El-yurtimiz tinch xotirjam, iymon eʼtiqodimiz mustahkam, hayotimiz barakotli, dasturxonimiz to‘kin-sochin, buyuk allomalar yurti bo‘lmish jannatmakon Vatanimizning kelajagi iymon nuri bilan munavvar bo‘lsin!

Atabek Saparbayev

Beruniy tumani hokimi