17-11-2023 | 17:09
139
Millatlararo totuvlik. Bu so'z zamirida turli millat vakillariga mansub insonlarning bir vatanda tinch-totuv, bir ota-onaning farzandlari kabi ahil-inoqlikda yashashini bildiradi. Beruniy tumanida “Bag'rikenglik haftaligi” doirasida O'zbekiston umumiy uyimiz shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy kechalar tashkil qilinib, bayram dasturlari o'tkazilmoqda. Bugun MMTB ga qarashli 36-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazilgan ma'naviy tadbir ham o'zaro totuvlikka asoslangani bilan ahamiyatli bo'ldi. Maktab o'quvchilari ochiq dars mashg'ulotlarida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayroq to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'ldi. Tumandagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirokida millatlararo totuvlikka bag'ishlangan, bayram dasturi ham bo'lib o'tdi. O'zbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, rus va boshqa millat xalqlarining milliy kuy-qo'shiqlari ijrosida, raqslari namoyish etildi. Maktab jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi milliy totuvlik va o'zaro hamjihatlikni tarannum etgan hamda bu g'oyani yosh avlod ongiga singdirshda ahamiyati yuqori ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Семинар по обучению профсоюзов
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi