Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Ayol-qizlar bandligi e'tiborda

21-06-2022 | 17:33

795

Beruniy tumanida o'rganishlar olib borayotgan O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin -qizlar qo'mitasi bo'lim boshlig'i R. Mirxoliqova,  "Oila va xotin- qizlar"Davlat qo'mitasi  bosh mutaxasisi G. Asqarova,  Qoraqalpog'iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi o’rinbosori G. Xalmuratova,  tuman hokimi o'rinbosari S.Kozieva “Ayollar daftari” da turgan 15 nafar xotin-qizlarning bandligini ta'minlash maqsadida jo'ja chiqarish uchun moslashtirilgan inkubatorlar berildi. “Ayollar daftari” da turib, o'z ishini boshlash istagidagi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, yosh kelin-kuyovlarni oilaga tayyorlash markazi hamda tadbirkorlik markazi faoliyati bilan ham tanishdi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi ayollarni o'qitishda milliylik va qo'l hunariga asoslangan tadbirkorlik turlarini rivojlantirishga katta e'tibor berilayotgani tumanning yutug'i hisoblanadi deya aytib o'tdi.

 

Beruniy tumani Birlik mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 1-son kasb-hunar maktabi binosida tashkil etilgan “Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi”ning ochilishida ishtirok etib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ayniqsa psixologik trening o'tish xonalari, uning jihozlanishi, turli tadbirlar uchun mo'ljallangani ayollar uchun qulayliklar yaratadi. Ijtimoiy moslashuv markazining asosiy vazifalari tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan, o'z joniga suiqasd qilgan yoki o'z joniga qasd qilishga moyilligi bo'lgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko'rsatish, og'ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo'rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar huquqlarining kafolatlarini ta'minlashga ko'maklashish va boshqa ko'plab maqsadlarni o'z ichiga oladi.