Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

г. Беруний

Atmosfera havosini muhofaza qilish burchimiz

29-04-2022 | 16:47

723

Respublikamiz miqyosida har yili ikki bosqichda o'tkazilib kelinayotgan "Toza havo” oyligining birinchi bosqichi Beruniy tumani Ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish bo'limi hamda Xalq deputatlari Beruniy tumani kengashi deputati I.Atabaev va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o'tkazilmoqda. Tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad atmosfera havosining avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli chiqindilar bilan ifloslanishini kamaytirish va ularning zararlilik darajasini tekshirish bo'yicha davlat nazoratini kuchaytirish hamda avtomobillarga yoqilg'i quyish, texnik xizmat ko'rsatish shoxobchalarida, avtokorxonalarda, avtomobil yo'llarida atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.

 

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muxitni muxofaza qilish Davlat qo'mitasi 2022 yil 1 apreldagi 03-03/3-719-sonli ko'rsatmasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muxitni muhofaza qilish qo'mitasining 2022 yil 5 apreldagi 75-sonli buyrug'i bo'yicha bu tadbirni o'tkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tuzilib, ish shu asosda tashkil etildi. Tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan tashkiliy qo'mita tomonidan tadbirning borishi qat'iy nazoratga olindi. Beruniy tumani IIB YHXB hodimlari bilan birgalikda tadbirning birinchi bosqichi o'tkazildi.

 

Tadbir davomida avtotransport egalari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda aholi o'rtasida 10 dan ortiq tushuntirish, targ'ibot tadbirlari olib borildi. Tuman avtomobil yo'llarida tashkil etilgan postda gazoanalizator, avtotest asboblari yordamida avtomobillardan chiqadigan zararli chiqindi gazlar, tutun, shovqin darajasini kamaytirish maqsadida shahar hududidan o'tuvchi va shaharga qatnovchi avtomashinalar tekshirildi.

 

Uning natijalari bo'yicha xulosa qiladigan bo'lsak, tumanimiz hududida qatnovchi aksariyat avtomashinalar bugungi kunda gazda ishlayotgani sababli chiqayotgan zararli chiqindilar miqdori keskin kamayganligini ko'rish mumkin. Mutaxassislar fikricha, atmosfera havosining ifloslanishi va ekologik muvozanatning buzilishida sanoat korxonalari bilan birga transport vositalarining "hissasi” ham ortib bormoqda. Zero atrof-muhit ifloslanishining oldini olish barchamizning burchimizdir.