Xalq farovonligi yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijasi qanday? Aholi bugungi o'zgarishlar, yangilanishlar va islohotlardan rozimi?. Beruniy tumani hokimligida o'tkazilgan matbuot anjumani ayni shu mavzularga bag'ishlandi.

03-08-2023 | 18:35

491

Matbuot anjumanida Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev, OAV vakillari, jurnalist va blogerlar shuningdek, soha rahbarlari ishtirok etdi. 2023 yil davomida tumanda xalq roziligi yo'lida olib borilayotgagan ishlar bo'yicha batafsil ma'lumot berildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli qarori asosida Beruniy tumaniga ajratilgan 27.5 mlrd mablag' evaziga -18 ta OFY va MFY xududlarda 19,8 mlrd so'mlik 72,7 km ichki yo'llarni ta'mirlash. Shundan 60,3 km SHPS, 12,4 km asfalt qilish.

-3 ta xududda 1 mlrd. 742 mln so'mlik 8,2 km ichimlik suv tarmog'ini yangidan tortish va 1 ta suvni chuchuklantiruvchi stantsiyasini qurish.

-4 ta xududda 3,1 mlrd so'mlik 6,5 km piyodalar yo'lakchasi va 470 ta quyosh panelli tungi yoritqichlarni qurish.

-2 ta xududda 480 mln so'mlik 4 ta transformator punktini o'rnatish, 4,9 km elektr xavo tarmog'ini tortish va 126 ta tayanch ustunlarini o'rnatish.

-2 ta xududda 160,0 mln so'mlik diametri 100 va 159 mm bo'lgan 665 metr bo'lgan gaz tarmog'ini tortish ishlari olib borildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 500-sonli qarori asosida 3 mlrd. 880 mln so'mlik 33 km ichki yo'llarga SHPS yotqizish belgilangan. Qo'shimcha ravishda, ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda, 18 ta OFY, MFYlarda jami 101 km ichki yo'llarga SHPS yotqizish rejalashtirildi. Bugungi kunda 95 km ichki yo'llarga SHPS yotqizildi.

3.Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 02 fevraldagi 52-sonli qarori bo'yicha:15 ta OFY,MFY xududlarida loyiha qiymati 3,9 mlrd so'mlik  yashash sharoiti og'ir bo'lgan 18 ta fuqarolarga yangidan uy-joy qurib berish. Bugungi kunda jami ish xajmining 70% bajarilgan.

-40 ta OFY,MFY xududlardagi 1171 ta shifersiz uy-joylarni shiferlash. Shundan birinchi navbatda 127 ta eng og'ir bo'lgan shifersiz uy-joylarni shiferlash rejalashtirilgan. Bular uchun jami 17 mlrd so'm mablag' ajratish rejalashtirilgan. Hozirda o'ta og'ir sharoitdagi 18 ta uy-joy buzib, qaytadan zamonaviy tipda qurilmoqda.

Shuningdek, tumandagi tuproq yo'llarga SHPS yotqizish bo'yicha 5 mlrd. 540 mln so'm mablag' kelib tushgan. Ushbu mablag'ga 120 km tuproq yo'llarga SHPS yotqizish rejalashtirilgan. 2023 yilda tumanda ko'p qavtli uy-joylarning qurilishi hamda ijtimoiy soha ob'ektlari, investitsiya

dasturlarining bajarilishi bo'yicha ham tuman hokimi A.X.Saparbayev keng turda ma'lumot berib o'tdi. Matbuot anjumani ishtirokchilari, OAV vakillari, jurnalist va blogerlar sohaga oid savollar hamda tizimdagi muommolar bilan tuman hokimiga yuzlandi va javob oldi. “Bugungi kunda muommodan qochib bo'lmaydi, aynan, muommoni xalqimizga to'g'ri tushuntirib bilsak, odamlarimiz tushinadi” deya aytib o'tdi tuman hokimi. Ijtimoiy ahamiyatga molik roliklar aholining ma'naviyati va madaniyatini o'stirishi, bunday videoroliklarning tarmoqlarda ko'p tarqalishi borasida Xitoy tajribasini o'rganish lozimligini ham taklif sifatida aytildi.