Uy-joy ta’miri uchun qurilish materiallari yetkazib berildi.

21-06-2023 | 11:08

638

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 sentyabrdagi “Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qulay biznes muhitini yaratish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish infratuzilmalar bilan ta'minlanganlik darajasini yanada yaxshilash orqali aholi faravonligini ta'minlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 500-sonli Qarorining 7-ilovasi 41-bandi ijrosi bo'yicha 2022 yil yakuni bilan Beruniy tumanidagi ehtiyojmand va og'ir ahvoldagi xonadonlar ishchi guruh tomonidan o'rganilib chiqilgan edi.

O'rganishlar davomida Beruniy tumanidagi 12 nafar xotin-qizlarga, uy-joy ta'miri masalasida yordam kerakligi aniqlangan. Hozirgi kunda ushbu qaror ijrosini ta`minlash maqsadida tumanda 12 nafar xotin-qizlarning uylariga qurilish materiallari “Ayollar maqsadli jamg'armasi”dan yetkazib berildi. Uy-joy ta'miri uchun muhtojligi bo'lgan xonadonlarga eshik, deraza, yog'och reykalar berildi. Beruniy tumani 1-sektor hududidagi Nayman mahallasi va Abay ovul fuqarolar yig’inidagi uylarga ham qurilish materiallari yetkizildi.

Davlatimiz tomonidan inson qadrini ulug'lash borasida olib borilayotgan xalqchil islohot fuqarolarning o'z hayotidan, bugunidan rozi bo'lib, baxtli yashashi uchun yaratilayotgan imkoniyatdir.