#Targ'ibot tadbirlari

17-02-2022 | 15:30

720

Beruniy tumani Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari P.Razzakova va tuman targ'ibot guruhi vakillari bilan birgalikda, 2-son kasb-hunar maktabida o'quvchi qizlar o'rtasida erta turmushning salbiy oqibatlari bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi.

 

O'z vaqtida ilm egallash, kasb-hunarli bo'lish ayniqsa, qiz bolalarning hunar sirlarini o'rganishi kelajakda foydali ekanligi tushuntirildi. Kasb-hunar maktabi direktori, deputat Q.Shukurllaev va targ'ibot guruhi a'zolari odob-ahloq qoidalari, ota-onaga hurmat, balog'ot yoshidagi tarbiyaning muhim jihatlari haqida dunyoviy va diniy misollar bilan tushuntirishlar berdi.

 

 P.Razzakova tashabbusi bilan boshlangan davra suhbatlari tumandagi ta'lim muassasalarida davom etadi. Endilikda shifokorlar va psixologlarni ham bu jarayonga jalb qilish rejalashtirilgan.