#Sport va yoshlar

11-02-2022 | 21:36

679

Oldin xabar berganimizday sportning mini futbol turidan Mahtumquli yoshlari o'rtasida “Hokim kubogi” va qiz bolalar o'rtasida voleybol sport turidan “Prokuror kubogi” musobaqalari o'tkazilgan edi. Voleybol ishtirokchilarini tuman prokurori R.Xalmuratov, hokim o'rinbosari A.Qurbaniyazov, Sport bo'limi va Yoshlar ishlari agentligi rahbarlari yoshlarni ishtiroki uchun tabrikladi. Shu o'rinda sport turlari bilan muntazam shug'ullanish tana va rux sog'lom bo'lishida muhim ahamiyat kasb etishini alohida aytib o'tdi. G'olib ishtirokchilar homiylar tomonidan munosib taqdirlandi.                                                                                        

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati