Sayyor qabul natijalari

15-04-2022 | 18:16

703

Aholi murojaatlari bilan ishlash bu borada sezilarli natijaga erishish ayniqsa, ishsizlikka barham berish borasida olib borilayotgan amaliy natijalar bugungi kunda muhim masala hisoblanadi. 

Beruniy tumani hokimining birinchi o'rinbosari U.Matirzaev, aholi bandligiga ko'maklashish markazi va majburiy ijro byurosi tuman bo'limi hamkorlikda aholi qabuli va bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasini tashkil etdi.

Asosan ishsiz aholi murojaatiga ko'ra, kasb-hunar egallash istagidagilarga 3 oylik kurslarga yo'llanma berilgan bo'lsa, 10 nafar aholi turli yo'nalishlarda ishga joylashtirildi. 

Shuningdek, aliment qarzdorligi bo'lgan 98 nafar fuqarolar ham ishtirok etib, ularning o'z qiziqish va yo'nalishlari bo'yicha ishga joylashishiga, yo'llanma olishiga ko'maklashildi.

Aholining murojaatlarini joyiga chiqib o'rganishlar natijasida esa Lolazor mahallasida tashkil etilgan parrandachilik ishlab chiqarish koperativida 30 nafar aholi yo'llanma asosida ishga qabul qilingan. 

Dastlab, 25 donadan tuxum yo'nalishida tovuq tarqatilgan bo'lsa, hozirda 50 tadan 500 tagacha jo'jalar berilgan. Jo'jalarning bir oy davomidagi ozuqasi va qo'shimcha ravishda emlash vetirinar xizmati ham ko'rsatiladi. Umuman bu kabi aholi bilan qabullarning o'tkazilishi muammolarning joyida hal bo'lishiga, ishlarning natijadorligini ko'rsatishga asos bo'ladi.                                                                                                              🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati