Qo'riqlash xizmatining afzalliklari

07-08-2023 | 22:42

451

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev raisligida joriy yilning 28-iyul kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida “Hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalar” yuzasidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqqan holda, hududlarda jinoyatchilik va o'g'irliklarning oldini olishda amalga oshiriladigan ishlar tegishli vazirliklar tomonidan belgilab olingan edi.

Bugun Beruniy tumanida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi rahbariyati tomonidan, belgilab berilgan tegishli topshiriqlar ijrosi yuzasidan mahalla beshligi ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda podpolkovnik SH.Zaripov qo'riqlash xizmatining afzalliklari bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlarini aholi orasida yanada keng targ'ib qilish, ayniqsa, aholi gavjum savdo majmualarida, shuningdek, ob'ektlarda, xonadonlarda videokuzatuv moslamalarni o'rnatish bo'yicha muhim tavsiyalarni berib o'tdi.