QAROR VA IJRO Xalqimiz bugun yaxshi yashashga haqli.

17-06-2023 | 19:21

571

Mamlakatimizda inson qadrini ulug'lash fuqarolarning yaxshi turmush sharoitida yashashlari uchun ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevral kungi 52-sonli qaroriga asosan hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi ko'rsatmasiga muvofiq,  Beruniy tumanida 1189 ta tom qismi shiferlanadigan xonadonlar aniqlanib, shundan 127 ta og'ir turmush sharoitda yashovchilar hamda 18 ta uyi yaroqsiz holatga kelgan ya'ni buzib quriladigan uylar ishchi guruh tomonidan aniqlandi.

Uy egalari bilan suhbat jarayonida ham ijtimoiy ahvolining yaxshi emasligi, yangi uy qurishga imkoniyati yo'qligi aniqlandi. Qish mavsumi davomida oziq-ovqat mahsulotlari berilib, moddiy va ma'naviy yordamlar ko'rsatilgan bo'lsa, endilikda uylarida qurish-ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.

 

Sektor rahbarlari bilan birgalikda og'ir turmush sharoitida yashayotgan fuqarolarning uylari alohida nazoratga olindi. Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Beruniy tumanida hozirgi kunda hududlarda 18 ta uylar buzilib, yangidan zamonaviy tipdagi uy-joylarning qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Beruniy tumani Istiqlol mahallasida istiqomat qilayotgan Guljaxon Kazakova hamda Shabboz ovul fuqarolar yig'inida yashayotgan Olmagul Tajiboevaning uylarida qurilish ishlari avjida. 5 nafar qiz farzandlarim bor uy-joy qurish ko'p yillik orzularimiz edi turmush o'rtog'im bilan imkoniyatimiz yetmasdi mana hukumatimiz bizlarga shuncha yordam qilib, imorat tiklab beriyabdi bu hayotdan shukronaligim ko'p deydi biz bilan suhbatda uy egasi O.Tajibaeva. Xalqimizning farovon turmushini ta'minlashga qaratilgan bunday xayrli  ishlar yil oxirigacha davom etadi. Davlatimizda amalga oshirilayotgan har bir ijobiy ishlar bugun barchamizning baxtli hayot kechirishimizga, farovon umrguzaronlik qilishimizga xizmat qiladi.