QAROR VA IJRO O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 500-sonli qarori

17-04-2023 | 10:35

798

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 500-sonli qaroriga asosan, Beruniy tumanida qarib 100 kilometr ichki tuproq yo'llarda tekislash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ho'sh aholi farovonligi yo'lida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar bugun qay darajada?

Tumanning Sarkop OFY hududida 5.96 km, O'.Jumaniyazov MFY da 6.53 km, Turon MFY da 6.91, Beruniy OFY da 7.17 km, Tinchlik OFY da 6.61 km, Qangshartol MFY da 5.91 km ichki ko'chalarda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ishlar olib borilmoqda. Xalq farovonligi va obodligi yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar tumandagi 22 ta mahallada to'liq olib boriladi.

Fotoda Tinchlik ovul fuqarolar yig'inidagi Tosh ko'chasidagi qum-shag'al aralashmasi yoyish ishlari aks etgan.