Oila jamiyat tayanchi.

10-08-2023 | 11:52

538

Oila bu-vatan ichidagi vatan. Oila tinch,mustahkam bo'lsa yurtimiz tinchligi aslida. Shu totuvlikni bir muozanatda ushlab turuvchi qalqon bu ayol! Ma’lumki O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining teng yarimini xotin-qizlar tashkil qiladi.

Shu boisdan mamlakatimizda ayollarga bo'lgan e'tibor yildan yilga  ortib, jamiyatda katta o'rin egallamoqda.Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda "Oila kichik vatan, oila tinch bo'lsa,baxtli bo'lsa,vatan tinch bo'ladi". Shunday ekan mamlakatimizda oilalarning tinchligi, farovonligiga qaratilgan barcha amaliy ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Ma'naviy-axloqiy qadryatlarni mustahkamlash maqsadida, Beruniy tumanida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31-dekabrdagi "Oila institutini yanada rivojlantirish haqidagi" 820-sonli Qarorining bajarilishi, hamda yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash, namunali oila yo'nalishlarini hayotga tadbiq qilish, oila mustahkamligini taminlash bu borada mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish maqsadida Beruniy tumanidagi Navoiy OFY, Lolazor hamda Yangiobod MFY laridagi yosh oilalar uchun o'quv seminar tashkil qilindi.

Mazkur seminarda erta turmush qurish, qarindoshlar o'rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari masalalari bo'yicha tuman psixologlari, FHDYO bo'limi, va tuman xotin-qizlar bo'limi rahbarlari jalb qilinib mashg'ulotlar o'tkazildi va yosh oila vakillariga keng turdagi tushinchalar berildi. Seminar yakunida yosh oilalar olgan bilimlari bo'yicha maxsus sertifikatga ega bo'ldi.