Navoiyga ehtirom

11-02-2022 | 21:35

710

Alsher Navoiy ijodiga qanchalik ko'p to'xtalsak ham g'azalnavis shoirning ma'no-mazmuni ko'p serqirra ijodining yangi tomonlari kishini o'ziga rom qilib namoyon bo'laveradi. Bu yil buyuk adib Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar, Beruniy pedagogika kollejida ham o'tkazildi. 

“Navoiyga ehtirom” tadbirida bir guruh talabalar o'z chiqishlarini namoyish etdi. G'azal va ruboiylarning maromida o'qilishi,  sahna ko'rinishlari tomoshabinlarga manzur bo'ldi. Yoshlar qalbida ma'naviyatga, tarixga ehtirom, ajdodlar xotirasini yod etish, bugunning o'quvchisiga Navoiyning adabiyotimizda tutgan o'rnini tushuntirish eng katta vazifamiz bo'lishi lozimdir.                                                          🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati