Murojaat va natija. Xalq murojaatidan-xalq roziligigacha

07-08-2023 | 19:35

452

Aholining farovon turmush kechirishi, baxtli yashashi uchun sharoitlar yaratilsa va xalq bugunidan rozi bo'lsagina, biz rahbarlar fuqarolarimiz oldida o'z burchimizni, hizmat vazifamizni bajargan bo'lamiz. Bu tamoyil bugunning amaldagi va natijali ishi hisoblanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi A.Orinbayevning Beruniy tumanida ko'cha boshilari bilan uchrashuvlari davomida, bir qancha murojaatlar aytilib, muommolar ko'tarilgan edi. Albatta bu bekorga emas. Buni yaxshi anglagan ko'cha boshilari el orasida yurib, fuqarolarni hududda yillar davomida qiynagan masalalari yuzasidan takliflarini bildirdi. Bildirilgan taklif va fikrlardan kelib chiqqan holda, Prezidentimizning yana bir otalarcha g'amho'rligining belgisi Qoraqalpog'iston Respublikasining tuman va shaxarlaridagi aholini qiynab kelayotgan muommolarni hal qilish maqsadida, ijtimoiy soha hamda infrastruktura ob'ektlarida qurilish-ta'mirlash ishlarini olib borish uchun 330 mlrd so'm mablag' ajratilib, ishlar jadal ravishda boshlab yuborildi. Beruniy tumanida ushbu qo'shimcha dastur hisobidan 4R161 "Urgench-Cholish-Beruniy-Bo’ston" 13-35 km uzundlikdagi yo'lning 21-23 kilometrlarida 2.5 mlrd mablag' ajratilib, joriy ta'mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Hozirda tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan, maxsus texnikalar yordamida ishlar boshlab yuborilgan. Bu birgina holat emas. Qo'shimcha dastur asosida O'.Jumaniyazov mahallasidagi 3 ta ichki ko'chalarga ya'ni 1.8 km uzunlikda asfalt qoplamasi yotqizilsa, Xorazm mahallasida ham 1 kilometr ko'cha obod bo'ladi. Xalq roziligi yo'lidagi islohotlar davom etadi.