“Ishbilarmon ayol-2023” ko'rik tanlovining Beruniy tumani bosqichi o'tkazildi

24-07-2023 | 12:01

546

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Beruniy tumani Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol-2023” ko'rik tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Mazkur tanlovda tumandagi tadbirkor, hunarmand ishbilarmon xotin-qizlar ishtirok etdi hamda o'zlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko'rgazmasi ham tashkil etildi. Ta'kidlash joizki, O‘zLiDeP tomonidan xotin-qizlarni oilaviy tadbirkorlikka, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlikka jalb etish hamda bandligiga ko'maklashish orqali yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash, iqtidorlarini ro'yobga chiqarish tashabbuslari qo'llab-quvvatlanmoqda.

Xususan, joylarda ayniqsa, eng chekka hududlarda xotin-qizlar bandligini ta'minlash ayniqsa, “Temir daftar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ga kiritilgan fuqarolarni turli kasb-hunarlarga o'qitish, ishga joylashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu borada partiya tarafidan “Bir deputat yuz ayolga ko'makchi”, “Farovon oila” kabi maqsadli partiyaviy loyihalar o'tkazilib kelinmoqda. Barcha tadbirlar partiya “Ayollar qanoti” faollari, deputatlar, tajribali tadbirkorlar ishtirokida “O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hamda bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda. Xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo'naltirish orqali bandligini ta'minlash, jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish borasida partiya tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o'z samarasini bermoqda. “Ishbilarmon ayol” ko'rik-tanlovi ham iqtisodiyotimizni yuksaltirishda yangi-yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etib, aholi farovonligini oshirishga munosib hissa qo'shayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin – qizlarni kashf etish orqali zamonaviy ishbilarmon ayollar qiyofasini yaratdi desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.Tadbir davomida hakamlar hay'ati tomonidan ishtirokchilarning ko'rgazmali faoliyatlari o'rganilib, Tursunoy Bazarbaeva 1-o'rin, Nodira Qutlimuratova  2-o'rinni, Nigora Qo'zibaeva 3-o'rinni egalladi va respublika hududiy bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. G'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.