Inson mehnati bilan elda aziz!

26-07-2023 | 17:18

549

Beruniy tumanining drayver sohalaridan biri agrar ho'jaligi bo'lib, asosan qishloq ho'jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug'ullanadi.  Qishloq ho'jaligi mahsulotlarini ichki va eksport bozoriga yo'naltirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida iqlim sharoitiga mos, sabzovot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. 

 

Tuman qishloq ho'jaligida 13 ta hududga bo'linadi. Qangshartol mahallasidagi “Azad Yashnar” fermer ho'jaligi 2016 yilda tashkil etilgan bo'lib, dastlab ishni 1 gektar yerni ekishdan boshlagan. 2019 yilda yana 10 gektarga yer olib, olcha bog' yaratgan va bog'dorchilik fermer ho'jaligini tashkil etgan.

 

Hozirda bog' orasiga ham poliz ekinlari ekilgan. 3 gektar yerga kartoshka, qovun, tarvuz va boshqa qishloq ho'jaligi ekin turlarini ekib, daromad olmoqda.

 

Fermer ho'jaligi rahbari Tursinoy Bazarbaeva O'zLiDeP tomonidan o'tkazilgan “Ishbilarmon ayol-2023” ko'rik tanlovining tuman bosqichida ishtirok etib, faxrli 1-o'rinni egalladi va respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Dehqonchilikning sir-sinoatini farzandlari va nabiralariga o'rgatib kelmoqda.

 

Shabboz zamini bag'rida yetishtirilgan har bir mahsulot o'zining ta'mi va mazasi bilan dunyoga tanilgan, ayniqsa, qovunlari. Polizda yetishtirilayotgan qovun va tarvuzlarning  hozirgi mavsumda bozori chaqqon, kartoshka hirmoni har yilgidan barakali dedi biz bilan suhbatda Tursinoy Bazarbaeva. Inson mehnati bilan qadrli va obro'li. Buni yaxshi anglagan bugungi qahramonimiz ham avlodlariga yaxshi amallarni, dehqonchilik sirlarini meros qilib qoldirmoqda.