Festival doirasida tarixiy Xiva shaxriga sayohat

23-02-2022 | 20:15

761

“Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik”shiori ostida Beruniy tumanida o'tkazilgan festival doirasida 50 nafar ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan va ehtiyojmand oila vakillarining farzandlari, Xiva shaxriga sayohatni amalga oshirdi.

 Hech kim mexr va e'tibordan chetda emas, ayniqsa, bolajonlarning ochiq osmon ostidagi qadimiy Xiva shaxriga sayohati, tarixni yanada yaxshi anglashga, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruxida tarbiya topishda ahamiyatli bo'ldi. Festival barcha yoshlarning kun davomidagi faolligi bilan ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.  
                                            
 👉Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanallarimiz orqali kuzatib boring