DIQQAT E'LON!!! Hurmatli ota-onalar!

16-02-2022 | 19:20

725

Beruniy tumani maktabgacha ta'lim bo'limi 16-sonli ko'p tarmoqli maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotiga 2-6 yoshli nutqida nuqsoni bo'lgan, tayanch harakat tizimida nuqsoni bo'lgan, psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan (Sindrom Dauna, ZPR, ZRR, ZODR) bolalar qabul qilinadi. 

Ta'lim tashkilotida bolalar ota-onalar badal to'lovisiz (vznossiz) tarbiyalanadi. Ta'lim tashkilotida farzandlaringizga alohida e'tibor bilan ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish ishlari olib boriladi. Dargohda oliy ma'lumotli defektolog, psixolog va mutahassis tarbiyachilar faoliyat olib boradilar. Bolalarning ovqatlanish ratsioni ham sog'lomlashtirishga qaratilgan. 

Bugungi kunda tashkilotda bolalar uchun bo'sh joylar mavjud.  Ota-onalar talabi bilan olisdan qatnovchi bolalar uchun 24 soatlik guruhlar ham tashkil etiladi.

Beruniy tuman maktabgacha ta'lim bo'limi
Murojaat uchun telefon: +99899-420-89-37