Bunyodkor mahalla fuqarolar yig'inida “Yashil yillik” loyihasi

28-02-2022 | 09:10

857

 Beruniy tumanidagi “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig'ini  ma'muriyati  joriy 2022 yil Davlat rahbari tomonidan chiqarilgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyatini aholiga tushuntirish va ularning ijrosini birgalikda ta'minlash masalalari, shuningdek joriy yil - “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla” yili Davlat dasturi bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan bir qator ishlar,  2022 yil boshida “Bunyodkor” MFYda faoliyat ko'rsatayotgan komissiyalarning raisi va a'zolari qayta ko'rib chiqilib, yangidan tasdiqlandi va ularning amalga oshirishi kerak bo'lgan vazifalar tushuntirildi. Shu bilan birga mahallada umumxalq bayramlari aholi orasida ko'tarinki ruhda o'tkazilib, yosh avlod ongiga ming yillik qadriyatlarni avloddan avlodga asrab-avaylab yetkazish bo'yicha davra suhbatlari hamda inson qadr-qimmatini va shanini hamisha ulug'lash kabi amaliy ishlarda olib borilayotganini alohida ta'kidlab ko'rsatish lozimdir.

2021 yil “Bunyodkor” mahallasi tarixida ilk bor mahalla raisi G'afurjon Urazimbetovning tashabbusi bilan  mahalla idorasining yangi binosi davlat sherikchiligi asosida barpo etildi. Bundan tashqari mahallada zamonaviy maishiy xizmat ko'rsatish inshoatlari, keyim-kechak, oziq-ovqat do'konlari, go'zallik salonlari,  qishloq xo'jalik maxsulotlarini saqlash uchun mo'ljallangan zamonaviy muzlatgichlar, yoshlarimizning sport bilan erkin turda shug'ullanishlari uchun yashil qoplamali stadionlarning barpo qilinishi quvonchli holdir.

       Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek “Mahalla raisi islohatchi bo'lishi kerak”. Ana shundagina mahalla obod, xalq mahalla tizimida olib borilayotgan davlat siyosatidan mingdan-ming rozi bo'ladi.

     Shu o'rinda “Yashil makon” loyihasi bo'yicha, “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig'ini hududiga Farg'ona viloyatidan 10 000 tupdan ortiq mevali va manzarali har xil daraxt ko'chatlari olib kelindi. Ko'chatchilikning sir-asrorlarini biladigan tajribali ko'chatchilar, mahalla ahliga ushbu ko'chatlarni qanday ekish va ularni qanday oziqlantirish kabi usullarini o'rgatib, kam ta'minlangan oilalarga hayriya sifatida bepul mevali va manzarali ko'chatlarni ekib berilmoqda.

Shu bilan birga mahalla hududida ihcham issiqxonalarni tashkil qilinishiga ham alohida e'tibor qaratilib, bu borada Sapaev Ergash, Yusupov Aybek, Artikov Faxriddin, Yakupov Serik va Niyazimbetov Xamid kabi fuqarolar tomonidan o'z tomorqalariga ihcham zamonaviy issiqxonalarni qurub, ulardan samarali va unumli foydalanish ishlari yaxshi yo'lga qo'yilganligi alohida ta'kidlash joizdir.

Yurt tinchligi, xalq farovonligi eng oliy maqsadimiz bo'lar ekan demak, ertangi kunga ishonchimiz mustahkam bo'ladi.