Beruniyda g'alla o'rim-yig'im mavsumi uchun ko'rgazmali seminar tashkil etildi.

09-06-2023 | 18:20

576

G'alla o'rim-yig'im mavsumi qishloq ho'jaligida o'ta mas'uliyatli davr hisoblanadi. Yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan o'rib olish, barakali hirmon yaratish ayniqsa, elimiz dasturxoniga yetkazishda fermer ho'jaliklarining roli katta. 

Bugun mamlakatimiz qishloq ho'jaligi sohasida yangi  islohotlar boshlanib, tizimda ilmiy rivojlanish kuchaydi. Ayniqsa, dala madaniyatiga berilayotgan e'tibor sabab bir qarich yerdan ham unumli foydalanish, dala chetlariga tut ko'chatlarini hamda poliz mahsulotlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun Beruniy tumanidagi “Ko’chkinov Qudrat” fermer ho'jaligida ko'rgazmali seminar tashkil etildi.  Seminarda "Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi" ning Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i,  tuman hokimi, sektor rahbarlari va soha vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i so’zga chiqib, bu yilgi g'allani sifatli va vaqtida yig'ib terib olish, shu bilan bir qatorda tegishli barcha chora-tadbirlarni o'z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli soha vakillariga topshiriqlar berdi hamda g'alla hirmoniga baraka tiladi.

Beruniy tumanida 2023 yil hosili uchun 257 ta fermer ho'jaliklari va 2 ta klaster tomonidan 5500 gektar maydonga g'alla urug'i qadalgan bo'lib, o'rim-yig'im mavsumi uchun 17 ta otryadlar biriktirilgan, 12 930 tonna g'alla topshirish rejalashtirilgan.                                                         👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati