12-02-2022 | 22:46
731
Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokurori F.Allambergenov, tuman hokimi A.Saparbaev, sektor rahbarlari Beruniy tumanidagi “Ayollar va yoshlar daftari”da turgan fuqarolarga tikuv mashinalari, mini pechkalar hamda 5 nafar talabaning oliy o'quv yurtida o'qishni davom ettirishlari uchun to'lov shartnoma mablag'larini o'tkazib berish bo'yicha sertifikatlarini topshirdi.
“Ayollar daftari” da turib, o'z ishini boshlash niyatidagi opa-singillarning ham murojaatlari o'rganildi. Oilada iqtisodiy barqarorlikka erishilar ekan, tinchlik va farovonlik hukm suradi. Ijtimoiy daftarga fuqarolarni kiritishning ham asosiy maqsadi kambag'allikdan chiqarish orqali, odamlarni tadbirkorlikka o'rgatish va boqimandalik kayfiyatini yo'q qilishdan iborat ekanligini respublika prokurori ta'kidlab o'tdi.
🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
“Ochiq mashg‘ulot” lar tarbiyalanuvchilarda qanday ko’nikmalar hosil qiladi?
Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish muhim vazifa
#Ta'lim yangiliklari 📌Matematika fan oyligi doirasida