Beruniy tumani hokimining navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi. Bugungi qabul davomida aholidan qanday murojaatlar kelib tushdi.

04-08-2023 | 16:50

469

Bugun Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayevning aholi bilan qabuli bo'lib o'tdi. Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan turli mazmundagi murojaatlar tinglanib, hal qilinishi bo'yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, o'z yechimini kutayotgan bir qator masalalar muhokama qilindi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarori asosida ehtiyojmand oilalarning uy-joyini ta'mirlash, davolanishi uchun moddiy yordam ajratish, doimiy ish bilan bandlik masalasi yuzasidan kelib tushgan murojaatlar nazoratga olindi va tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi. Bir murojaat bir inson taqdiri bilan uzviy bog'liq ekan, uni ijobiy hal qilish, xalq roziligini olish yo'lidagi amaliy harakatlar davom etadi.