06-11-2023 | 15:37
169
Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko'rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo'lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o'rnini yana bir bor e'tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san'at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g'oyalari va madaniy-ma'naviy qadriyatlarga e'tiqodining yuksalishi yo'lidagi ibratli faoliyati, keng ko'lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag'batlantirish maqsadida, har yili O'zbekiston Respublikasi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti talablari doirasida mukofotning saralash bosqichi tumanlarda bo'lib o'tadi.
Beruniy tumanida bo'lib o'tgan ko'rik tanlovda fan, adabiyot, ta'lim, san'at, sport va jamoatchilik faoliyatida yutuqlarga erishgan iste'dodli qizlar ishtirok etdi. Beruniy tumani hokimining o'rinbosari, oila va xotin qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i S.Kozieva boshchiligidagi ishchi guruh tanlovga taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishdi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha alohida yutuqlarga erishgan o'n to'rt yoshga to'lgan va o'ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti har yili Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan talabgorlarga beriladi.Tanlov g'oliblari tuman hokimligining diplom va qimmatbaxo sovg'alari bilan taqdirlandi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi