Yana bir tarixiy sana nishonlandi Afg'on urushi tugagani bilan uning qalbdagi bir umrlik asoratlari tugamaydi...

15-02-2023 | 15:13

552

Tarixda har bir sananing o'z o'rni va ahamiyati bor. Bugungi kun ham Afg'on diyoridagi olovli janglarda ishtirok etib, vatan tinchligi va osoyishtaligi yo'lida jon fido etgan vatandoshlarimizning mangu xotiralarini yod etadigan bayram sanasi sifatida tarixga muxrlangan.

Ma'lumki, 1979-1989 yillar mobaynida Afg'oniston hududida bo'lib o'tgan harbiy harakatlarda Qoraqalpog'iston Respublikasidan 3580 nafar jangchi faxriylarimiz mardonavor ishtirok etgan.

Bugun Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlarida barcha jangchi-faxriylar ishtirokida Afg'onistondagi harbiy harakatlar tugatilganligining 34 yilligi keng nishonlanmoqda.

 

Yoshlikning eng beg'ubor damlarini beayov jang maydonlarida qoldirgan vatandoshlarimizning ruxiy kechinmalari faqat o'zlariga ayon. Shunday bo'lsa ham, inson xotirasi abadiy, uning mardligi va matonati oldida doim ta'zim qilamiz.

Vatan sarhadlarini himoya qilish, Afg'on diyorida terroristik-ekstremistik guruhlarni yo'q qilishga qaratilgan urush harakatlari tugatilgan bo'lsa ham uning ruxiy zarbasi yillar davomida o'z ta'sirini yo'qotmagan. Afg'on urushida qatnashgan 267 nafar Beruniylik yurtdoshlarimiz bugun davlatimiz himoyasida.

Beruniy tumanida o'tkazilgan tadbir dastavval Motamsaro ona haykali va Afg'on jangchisi ramziy monumentiga gulchambar qo'yishdan boshlandi. Afg'onistondagi janglarda matonat ko'rsatgan va qahramonlarcha halok bo'lgan yurtdoshlarimiz  ruhiga Qur'on tilovat qilindi. Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev o'z so'zida Mamlkatimizda “inson qadri uchun” degan ustuvor g'oya asosida amaliy harakatlarimizni davom ettirar ekanmiz, jangchi-faxriylar va nogironlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, halok bo'lgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish bosh maqsadimiz bo'ladi. Halok bo'lgan jangchi-faxriylarning oilalaridan hamda Afg'oniston hududidagi harbiy harakatlarda nogiron bo'lgan jangchi-fahriylarning holidan xabar olish, ularni ma'naviy va moddiy qo'llab-quvvatlash kabi chora-tadbirlarni amalga oshiramiz deya aytib o'tdi.

 

Bayram tadbiri davomida urush qatnashchilari bir piyola choy ustida o'zaro suhbatlashib, bugungi tinchlik va farovonlikka o'z shukronaligini aytishdi. Tadbir davomida Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limining birinchi o'rinbosari F.Annasafarov va tuman hokimining o'rinbosari A.Qurbaniyazov O'zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.  Tuman madaniyat bo'limi xonandalarining kuy-qo'shiqlari bayram tadbirini yanada ko'tarinki ruxda o'tishini ta'minladi.                                

 

 Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati