Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish. Amaliy hamkorlik natijalari

07-02-2023 | 09:35

569

Ta'lim muassasalarida voyaga yetmagan yoshlarning ta'lim-tarbiyasi kunning muhim masalasi hisoblanadi. Bu borada oila, mahalla va ta’lim muassasasi prinspi asosida ishlash esa o'zining samarali tizim ekanligini bir necha bor isbotlagan.

Beruniy tuman XTBga qarashli 8-maktabda voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish buyicha profilaktik tadbir o'tkazildi. 

Bolalar masalalari bo'yicha tuman komissiya a'zolari, voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik,  jinoyatchilik, nazoratsizlik va boshqa noxush holatlarning oldini olish bo'yicha tushuntirishlar berdi. Ta'lim dargohlarida olib borilayotgan reyd tadbirlari natijasida, o'g'il bolalar o'rtasida kelib chiqadigan nizoli holatlarning oldi olinayotganligi  borasida Ichki ishlar hodimi to'liq ma'lumot berib o'tdi. O'quvchilar orasidagi o'zaro do'stona muhitni yaxshilash, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish huquqbuzarliklar sodir bo'lishining oldini olishga xizmat qiladi.

 

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati