06-11-2023 | 16:14
182
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh Qo’mondonining 2022 yil 2-mart kunidagi “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati foaliyatini tashkil etish to’g’risidagi PQ-150-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman o’quv sport texnika klubi №18 - umumiy o’rta ta’lim maktabi (CHQBT rahbari M.Axmedov rahbarligida) “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolariga “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri oʼtkazdi. Sport murabbiyi X.Ametov tashkilotning faoliyati, uning rivojlanish yoʼllari, jamiyatda tutgan oʼrni va ommaviy texnik kasblarga oʼqitish kurslari toʼgʼrisida tadbir ishtirokchilariga tushuncha berdi . Tadbir qatnashchilariga tashkilot sport seksiyalari, havo bosimli qurollar namoyish qilindi. O’quvchilar havo bosimli miltiqdan oʼq otib, oʼz mahoratlarini oshirdilar.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi