“Ustoz ta'lim bunyodkori” o'qituvchilar qurultoyi bo'lib o'tdi.

07-11-2023 | 22:26

177

Ta'lim jarayonidagi islohotlarni birga amalga oshirish, tizimga yangi innovatsiyalarni joriy etish bo'yicha mamlakatimizda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. 

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida birinchi chorak yakuni bo'yicha belgilangan ta'til davrida, o'qituvchilar uchun o'quv seminarlar va uchrashuvlar tashkil etilishi respublika bo'yicha belgilangan. 

Beruniy tumani MMTB ga qarashli barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'qituvchilari uchun “Ustoz ta'lim bunyodkori” o'qituvchilar qurultoyi bo'lib o'tdi. 

Unda boshlang'ich ta'lim, aniq va tabiiy fanlar hamda ona tili va adabiyoti fani yo'nalishlarida soha mutahassislari tomonidan trening va ochiq muloqotlar olib borildi.  Shuningdek, madaniy tadbirlar ham o'tkazildi. 

Qurultoyda o'quv yili davomidagi mavjud muammolar va ularning muhokamasi shuningdek, aniq yechimiga qaratilgan masalalar bo'yicha ham o'zaro fikr almashildi. Beruniy tumani hokimining o'rinbosari A.Qurbaniyazov bu boradagi masalalar bo'yicha ta'lim tizimidagi mas'ullar bilan birgalikda aniq yechimlarga asoslangan yo'l xaritasini ishlab chiqish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

Qurultoy kun davomida o'z ishini davom ettiridi.O'tkazilgan qurultoy mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimining yanada yuqori natijalarga erishishida o'z ahamiyatiga ega bo'ldi.                                         Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati