04-11-2023 | 14:51
195
2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida PQ-357-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 3-noyabr kuni Beruniy tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, “IT-Park Qoraqalpog'iston” MCHJ bilan birgalikda Beruniy tumani Axborot kutubxona markazida tuman yoshlarini IT sohasiga yanada ko'proq qiziqtirish maqsadida birinchi marotaba “Startap loyihalar” tanlovi o'tkazildi.Tanlovga tumandan IT sohasida startap loyihalarga ega bo'lgan 30 nafar yoshlar ishtirok etib o'z yo'nalishlari bo'yicha ishlarini tushuntirib berdi. Tanlov yakuniga ko'ra g'olib jamoalar tuman hokimligi tomonidan maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.“Startap loyihalar” tanlovida 1-o'rinni egallagan “Stock Control” jamoasi noutbuk, 2-o'rinni egallagan “Lider Team” jamoasi planshet hamda 3-o'rinni egallagan “Lucas” jamoasi smartfon bilan taqdirlandi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi