QAROR VA IJRO Aholi farovonligi yo’lida

13-09-2023 | 12:25

95

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi "Qoraqalpog'iston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risidagi" 52-sonli qaroriga asosan Beruniy tumani "Tinchlik"ovul fuqarolar yi'ginidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tizimli ravishda qo'llab-quvvatlash tizimi amalga oshirilmoqda.

Tinchlik ovul fuqarolar yig'ini Tosh ko'chasida yashovchi Madina Baynavanova xonadoni tom qismi davlat hisobidan shiferlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek Tinchlik ovul fuqarolar yig'inida yashovchi Alfiya Xudaybergenova xonadoni ham davlatimizning beg’araz yordami asosida tom qismini shiferlash ishlari boshlab yuborilgan.

Bundan tashqari A.Xudaybergenovaga 2-sektor rahbari, mahalla raisi, hokim yordamchisi va tadbirkorlar tashabbusi bilan 5 xonali uy joy qurib berildi. Hozirda 3 nafar fazrandi bilan ushbu yangi xonadonda istiqomat qilishmoqda.

Bugun har ikkala oila ham mamlakatimiz rahbariga va saxovatpesha insonlarga o'z minnatdorchiligini bildirishdi.