02-02-2023 | 18:25
591
Yig'ilishga O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha mas'ul tashkilotchisi Abduraxmanov Rustam Abduraximovich, Beruniy tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri Xudaybergenov Azad Sabirovich, Beruniy tuman bo'linmasi tarkibidagi muassasalar rahbarlari va kasaba uyushma qo'mitalari raislari, jami 194 nafar kishi ishtirok etdi.
Yig'ilish kun tartibidagi O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Beruniy tuman bo'linmasi faoliyatining 2022 yil yakunlari va 2023 yilgi vazifalar to'g'risidagi masala yuzasidan tuman bo'linmasi kengashi raisi Matyakubov Baxtiyor Reyimbaevichning ma'ruzasi tinglandi.
Muzokara bo'yicha so'z olgan Beruniy tumanidagi 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori Abaev Nizamaddin Jumabaevich, Beruniy tumanidagi 48-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori Muxtarov Boymurod Bazarbaevich, Beruniy tumani maktabgacha ta'lim bo'limi kasaba uyushma qo'mitasi raisi Tasimov Sabit Utepbergenovichlar tuman bo'linmasi tomonidan 2022 yilda olib borilgan ishlarni qoniqarli deb baholashni taklif qildilar.Yig'ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi