23-09-2023 | 13:27
251
Bugun Beruniy tumani Ibn Sino mahalla fuqarolar yig'inidagi “Raxmatullo Chaman” fermer xo'jaligida, shu yerlik bir guruh nuroniylar ya'ni fermer хo'jalik rahbari Raxmatullo Urazbevning sinfdoshlari paxta yig'im-terimida ishtirok etdi.
Maktabni tugatganiga 51 yil to'ldi deydi suhbatimiz davomida sinfdoshlar. Paxta bahona diydorlashib, o'zaro gurrunglashayotgan qadrdonlar yoshlik paytida 150-200 kilogram paxta terib, bayroq olishganini eslashdi.
Bugungi ishlarimiz yoshlarga o'rnak bo'lsin deydi. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, nuroniylar muborak xaj ziyoratlarini amalga oshirib keldi va ko'pchiligimiz xoji ota, xoji ona maqomini oldik deydi 72 yoshni qarshi olgan Guliston ona Babajanova.
Oq oltin milliy boyligimiz, ona yerning bebaho tuhfasi deydi. To tushlik vaqtigacha paxta terib vaqtlarini chog' o'tkazgan nuroniylarga Aholi bandligiga ko'maklashish va kambag'allikni qisqartirish bo'limi boshlig'ining o'rinbosari Sanamjon Yusupova sovg'alar berib, ularning duo-fotihasini oldi. Tushlikda milliy lapar qo'shiqlari aytilib, to'kin dasturxon atrofida og'izbirchilikni namoyon qildi. Beruniy tumani Shabboz ovulining insonlari bir-biri bilan qondosh, ahil, inoqlikda yashaydi. Yer ilmini puxta egallagan dehqonlardan. “Raxmatullo Chaman” fermer ho'jaligida ham 65 gektar yer maydoni mavjud bo'lib, 30-mart kuni ekilgan chigit bugun o'z hosilini berdi. 35-40 sentnerdan hosil olinib, yurt xirmoniga munosib hissa qo'shmoqda.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi