Endilikda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ochiq mashg‘ulot”lar muassasa direktori tomonidan o’tkaziladi

01-02-2023 | 15:29

557

Beruniy tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 1-son Maktabgacha ta’lim tashkilotida  Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida Maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tuzilgan  “Ochiq mashg‘ulot” lar  rejasiga asosan 2022 yilning 1-fevral sanasida tashkilot direktori Yulduz Jumatova tomonidan “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida “Oy mavzusi” G‘orayib olam, “Hafta mavzusi” Qo‘shni davlatlar mavzusi bo‘yicha ochiq mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Ochiq mashg‘ulot ga Maktabgacha ta’lim bo‘limi Ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish sho‘basi mudiri Sabit Tasimov, Davlat va Nodavlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil qilish sho‘basi mudiri T.Yusupovalar hamda exspert guruhi ishtirok qilib, mashg‘ulotni tahlil qildilar va kerakli ko‘rsatma hamda tavsiyalarini berishdi.

Mashg‘ulot  a’lo darajada o‘tkazildi. Avvalo umumiy tipda ta’lim faoliyati olib borilib, keyinchalik bolalarni rivojlantiruvchi markazlarga bo‘lib yuborildi.

Ayniqsa sa’nat markazida bolajonlar ot rasmini chizib, mo‘yqalamlar yordamida bo‘yashdi. Barcha faol ishtirok qilgan tarbiyalanuvchilar rag‘batlantirildi.

Bu mashg‘ulotni direktor tomonidan o‘tkazilishiga sabab, avvalo direktor  Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida kuchli bilimga ega bo‘lishi, Ilk qadam o‘quv dasturi va davlat talablari asosida ta’lim faoliyatlarni olib bora bilishi, yangi pedagogik texnalogiyalar hamda axborot texnalogiyalardan foydalangan holda ta’lim faoliyatini tashkil qilishi, pedagog tarbiyachilarga mashg‘ulotni a’lo darajada o‘tkazib, o‘rnak bo‘lishi uchun tashkil qilindi.

Bunday “Ochiq mashg‘ulot” larni o‘tkazish ta’limning sifatini oshirishga olib keladi. Zero bolajonlarimizga berilayotgan sifatli ta’lim kelajagimiz uchun poydevordir.