Bugun Beruniy tumani hokimining qabul kuni

08-09-2023 | 18:06

93

Haftaning har juma kuni Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayevning aholi bilan qabul kuni bo'lib, bugun ham fuqarolarning murojaatlarini 1-sektor shtabida ko'rib chiqdi. Qabulda sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari va korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla to'rtligi ishtirok etdi. Tibbiy davolanishga muhtoj fuqarolar shu yerning o'zidan tuman tibbiyot birlashmasiga davolanishi uchun yuborilgan bo'lsa, mahalladan bir martalik moddiy yordam olish istagidagi fuqarolar mahalla mas'ullariga yo'naltirildi. Oliy ta'limga o'qishga kirib, endilikda to'lov kontrakt asosida ta'lim krediti olish istagidagi fuqarolarga tijorat banklari tomonidan tushuntirishlar berildi. Uy-joy kadastr hujjatlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha ham soha mas'ullari shug'ullandi. Aholi murojaatlariga o'z vaqtida tizimli yondashish natijasida ko'plab fuqarolarning ijtimoiy muommolarining hal bo'lishiga erishilmoqda.