Beruniy tumanidagi 4 ta mahallada tabiiy gaz bilan ta'minlanish darajasi yaxshilanadi

15-02-2023 | 10:49

787

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi "Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-408-sonli qaroriga asosan, 2022-2023 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Beruniy tumanida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Aynan mazkur qaror bo'yicha Beruniy tumani Birlik mahalla fuqarolar yig'inidagi tabiiy gaz quvurini tortish uchun 90 million so'm pul mablag'lari ajratilgan bo'lib, hozirda 3-bosqichdan 2-bosqichga ya'ni yuqori bosimli tabiiy gazga ulash uchun diametri 159 mm bo'lgan gaz quvuri 310 metrga tortildi shuningdek, 360 metr yer usti gaz quvurlari tortildi.

 

Yana bir muhim xabar tumandagi Bunyodkor mahallasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 435-sonli Qaroriga asosan 180 mln so'm mablag' ajratilib, yer usti gaz quvurlarini tortish ishlari olib borilmoqda. Natijada Bunyodkor, Bo'ston, Navro'z va Istiqlol mahallasidagi xonadonlarning tabiiy gaz bilan ta'minlash darajasi yaxshilanadi.