31-01-2023 | 11:46
574
Yil 12 oy davomida tinmaydigan yana bir soha vakillari borki, bular qishloq ho'jaligida mexnat qilayotgan insonlar. Qishning qirovli kunlaridan unumli foydalanish, hosilni nobud qilmasdan issiq kunlarga yetkazish, issiqdan himoya qilib yig'im-terimga yetkazish, qo'yinki bobo dehqonning bitmas-tuganmas ish jarayoni.
Beruniy tumanidagi mavjud fermer ho'jaliklarida 2023 yil hosili uchun 5500 gektar maydonga g'alla ekilgan. Biybozor OFY hududidagi “Ernazarov A'zambek” fermer ho'jaligi 17 gektar maydonga kuzgi bug'doy ekkan bo'lsa, paxta hosilidan bo'shagan yer maydonlarida lazerli tekislash, dala madaniyati bo'yicha ariqlarni tozalash shuningdek, bug'doyga mahalliy o'g'it berish ishlarini olib bormoqda.
“O'razboy Nurmanov”fermer ho'jaligi rahbari Anvar Sarsenbaev bilan suxbatlashar ekanmiz, jami 56 gektar ekishlik yerning 15 gektariga kuzgi bug'doy ekilgan bo'lib, bugungi kunda agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Qishloq ho'jaligida har bir mavsumning o'ziga yarasha ishi bor.
Mahalliy o'g'it bilan oziqlantirish esa yer unumdorligini yaxshilaydi. Beruniy tumanidagi qaysi hududga borsangiz ham qishloq ho'jaligi bo'yicha fermer ho'jaligi hodimlarining ish jarayonlari, dala madaniyatiga e'tibor qilgan holda tozalash va og'ir texnikalarning yer tekislash, chel olish ishlari davom etayotganiga guvoh bo'lasiz.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi