07-11-2023 | 22:23
185
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot xalqning farovon turmush kechirishi, baxtli yashashi, eng asosiysi bugunidan rozi bo'lishiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Hududlarda “obod mahalla”, “obod qishloq” dasturi doirasida obodonlashtirish,ko'kalamzorlashtirish ishlari tashkil etilib Prezident qarorlarining ijrosi ta'minlanayotgani xalqimiz hayot tarzini yanada o'zgartirmoqda. Fuqarolar mamlakatmizda yuz berayotgan islohotlarning ko'z o'ngida amalga oshayotganini o'z hayotida, yashash sharoitida sezmoqda.
Beruniy tumani Nayman mahallasi tuman markazidan 20 kilometr olisda joylashgan. 5651 nafar aholi istiqomat qiladi. Mazkur hudud 2023 yilda “Obod xonadon”, “Obod ko'cha” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, mahallada bir qancha amaliy ishlar bajarildi.
11.2 kilometr ichki tuproq yo'llarga qum-shag'al aralashmasi to'kilib tekislandi, uylarning fasad qismlari ishlandi. Shuningdek, hududdagi ko'prikning tutqichlari qayta ta'mirlandi, kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko'mir yoqilg'isi hamda oziq-ovqat mahsulotlari mas'ullar tomonidan yetkazib berildi.
Bugun naymanlik xotin-qizlar hayotida ham yana bir unitilmas bayram tadbiri tashkil etildi. “Ayolga ehtirom” bayram tadbiri davomida Amudaryo, To'rtkul va Ellikqal'a tumanlaridan tashrif buyurgan onaxonlarimiz hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi M.Axmedova tadbir davomida hudud ayollari bilan dildan suhbatlashdi. Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanib, jamiyatda ayollarning rolini mustahkamlash, oila birdamligini saqlash borasida targ'ibot tadbirlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish bo'yicha to'xtalib o'tdi.
Tadbir davomida milliy qadriyatlarga alohida e'tibor berildi. Naymanlik bir guruh xotin-qizlar Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi tomonidan 3 oylik tikuvchilik hunariga bepul o'qitilib, sertifikatlari topshirildi. Endilikda o'z hunariga ega ayollar kam foizli kreditlar asosida tikuv mashinalari va jihozlar olib ish faoliyatini boshlash istagini bildirdi.
Madaniy-ma'naviy tadbirda kuy-qo'shiqlar yangrab, haqiqiy bayram butun Nayman mahallasidagi yoshu qarini bir davrada jamladi. Tinch va farovon yurtga bayramlar yarashadi. Tinchlik esa eng oliy ne'matdir. Bugun naymanliklar hayotida yangi davr, yangi sahifa boshlandi bu esa albatta davom etajak.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi