30-01-2023 | 15:45
601
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan, tasdiqlangan reja grafik asosida 3-bosqich ayollar daftari bo'yicha matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
2022 yil 31 mart kungi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 145-sonli qaroriga asosan “Ayollar daftari”ning 3-bosqichi toifalariga o'zgartirish kiritilib, 3180 nafar xotin-qizlarning ruyxati shakllantirildi.
Beruniy tumanida “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga kiritiladigan xotin-qizlar quyidagi toifalar buyicha taqsimlandi.
1-toifa ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning bandligi ta'minlash bo'yicha 1414 nafar, 2-toifa tadbirkorlik qilish uchun kredit olishda yordam so'ragan ayollar 326 nafar, 3-toifa boquvchisini yo'qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi bo'lmagan, qo'shimcha moddiy yordamga muhtojlar) soni 533 nafar, shundan, uy-joyini ta'mirlashga muhtoj xotin-qizlar 80
nafar, 4-toifa ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan xotin-qizlar soni 494 nafar, shundan, uy-joyini ta'mirlashga muhtoj xotin-qizlar 25 nafar,
5-toifa uy-joyiga muhtoj va ehtiyojmand xotin-qizlar jami 98 nafar, shundan, uy-joy bilan ta'minlanadigan xotin-qizlar 26 nafar, ijara kompensatsiya to'lab beriladigan xotin-qizlar 72 nafar,6- toifa qaramog'ida nogironligi bo'lgan bolalari mavjud ayollar soni 315 nafar shundan 60 nafari tomorqadan unumli foydalanish uchun yordam beriladigan xotin qizlar sanaladi.
“Ayollar daftari” dan 2022-yilning 5-dekabr holatiga ko'ra: 3180 nafar xotin-qizlardan 3180 nafariga yordamlar ko'rsatildi. “Ayollar daftari”ning 1-toifasidan 1414 nafarining bandligi ta`minlandi, 2-toifadan 326 nafariga kreditlar ajratildi, 3-toifasidan 533 nafariga, 4-toifasidan 494 nafariga, 6-toifasidan 315 nafariga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida “Ayollar daftari” jamg'armasidan moddiy yordamlar berildi, 5-toifadan 72 nafar ayolga ijara kompensatsiyasi to'lab berildi, 2 nafari uy joy bilan ta`minlandi, 24 nafar xotin-qizlarga homiylar tomonidan uy joylari uchun mablag'lar ajratildi. Mazkur ma'lumotlarni matbuot anjumani davomida Beruniy tumani hokimining o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Kozieva tanishtirib o'tdi. Hamkor
tashkilotlardan IIB va tibbiyot birlashmasi shuningdek, sektor vakillari ham ishtirok etdi. Tuman IIB Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha inspektor psixologi G.Jumabaeva ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yil davomida 166 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgan bo'lsa, yanvar oyi holatiga 6 nafar ayol-qizlarga berilgan. Bundan tashqari yanvar oyi xotin-qizlar o'rtasida o'g'irlik jinoyatining oldini olish oyligi bo'yicha ham ma'lumot berib o'tdi. Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan, “Ayollar daftari”da turib tibbiy himoyaga muhtoj va hududlarda tashkil etilgan
sayyor ko'riklar bo'yicha O'.Jumabaeva to'liq ma'lumot berib o'tdi. 1-sektor hududidagi 10 ta mahallada xotin-qizlar borasida amalga oshirilgan ishlar hamda markazlarning tashkil qilinishi tikuvchilik sexi, sog'lomlashtirish fitnes klubi, hamda milliy shirinliklar tayyorlash bo'yicha kooperatsiya asosida olib borilayotgan ishlar bo'yicha tuman hokimining maslahatchisi S.Yusupova
ma'lumot berib o'tdi. 2023 yil 4-bosqich “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo'yicha mahallalarda xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 41-cessiyasi bo'lib o'tdi
Sayyor qabul bo'lib o'tdi
Kasaba uyushmasining o'quv seminari
Besh tashabbus
Жорий йилнинг июнь ойида Қобил Дусовнинг фейсбук саҳифасида эълон қилинган маълумотга муносабат.
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha o’quv-seminari tashkil qilindi